Mudo Concept — UDAW 2019 Platinum hamkori

Mudo Concept — Turkiyaning eng mashhur mebel brendlaridan biri bo’lib, mamlakat bo’ylab 130 dan ortiq do’konga ega. Brend uy uchun mebel, uy tekstili va dekor aksessuarlarini taklif etadi.

Yuqori sifatli materiallar, mukammal ishlab chiqarish va har bir detalga e’tibor Mudo Concept’ning asosiy qadriyatlaridir. Bu yondashuv har bir mahsulotda namoyon bo’ladi — uy uchun nafis aksessuarlardan tortib, vintage uslubidagi mebellar va tabiiy yog’ochning iliq jozibasigacha.